Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hakamni kaltaklagan turk klubi prezidenti 5 yilga qamaldi

Hakamni kaltaklagan turk klubi prezidenti 5 yilga qamaldi

Futbol bo‘yicha Turkiya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan «Rizespor» bilan o‘yindan so‘ng hakam Halil Umut Melerning yuziga musht tushirgan «Anqaraguju» klubi prezidenti Faruk Koja besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, u futboldan umrbod chetlatilgan.

Hakamni tepkilashda qatnashgan shaxslar ham javobgarlikka tortilgan. Bundan tashqari, «Anqaraguju» FK 2,2 mln lira jarimaga tortildi va 5 ta o‘yinni tomoshabinlarsiz o‘tkazadigan bo‘ldi.

Dushanba kuni Anqarada bo‘lib o‘tgan “Anqaraguju” va “Rizespor” jamoalari o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobidan yakunlangan, mezbon jamoa 90+7-daqiqada javob golini o‘tkazib yuborib uch ochkoni boy bergandi. OAVga ko‘ra, arbitr o‘yinga buncha vaqt qo‘shib bermagan, qolaversa, u o‘yin davomida anqaraliklarning ikki golini bekor qilgan. Bularning barchasi klub prezidentini g‘azablantirgan va u hakamdan o‘ch olish uchun mushtlarini ishga solgandi.

Hodisadan so‘ng Turkiyadagi barcha futbol hakamlari boykot e’lon qilgan, Turkiya futbol federatsiyasi barcha ligalardagi o‘yinlarni noma’lum muddatga qoldirishga majbur bo‘lgandi.

Xalqaro rezonansga sabab bo‘lgan voqeadan so‘ng zo‘ravonlikda qatnashgan barcha shaxslarga nisbatan jinoyat ishi ochilgani aytilgandi. Turkiya prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham bu voqeaga munosabat bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring