Taniqli aktrisa 8 yillik tanaffusdan so‘ng kinoga qaytdi
Gollivud aktrisasi Kemeron Diazni yangi filmni suratga olish maydonchasida uchratishdi. Aktrisaning muxlislari uchun bu ajoyib xabar, «Niqob» filmi yulduzi 8 yildan beri kinoda ko‘rinmayotgandi.
50 yoshli Kemeron Diaz «Yana ishda» komediya-jangari filmida rol o‘ynayapti. Uni Londonda Jeymi Foks va Glenn Klouz kabi yulduzlar bilan birga ko‘rishgan, deb yozdi Daily Mail.
Diazning oxirgi o‘ynagan roli — «Enni» (2014) film-myuziklidagi yovuz qahramon miss Hannigan obrazi. Shundan so‘ng oilasiga vaqt ajratish uchun katta tanaffus e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter