Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talimarjon IESda to‘xtab qolgan energobloklar qayta ishga tushirildi

Talimarjon IESda to‘xtab qolgan energobloklar qayta ishga tushirildi

Kecha 8-yanvar kuni soat 10:27da va 10:31da Talimarjon IESning 2- va 3- bug‘-gaz qurilmalarida (jami 900 MVt quvvat) energoblok texnologik himoyasining ishlashi natijasida ushbu BGQlari faoliyati to‘xtatilgan edi.

Energetika vaziri Alisher Sultonov boshchiligidagi mutaxassislar zudlik bilan mazkur stansiyaga uchib ketgani xabar qilingandi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida bugun, 9 yanvar kuni soat 11:36da 3- va soat 12:59da 2-sonli bug‘-gaz qurilmalari shtat rejimida ishga tushirilgan.

Ayni paytda mazkur energobloklar shtat rejimida ishlamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring