Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ta’lim muammolari darsliklardan boshlanmoqda (2-maqola)

Ta’lim muammolari darsliklardan boshlanmoqda (2-maqola)

Foto: «Gazeta.uz»

Hurmatli Shuhrat Ismoilov domla.

Siz men yozgan maqolani to‘liq o‘qib chiqmasdan, mantiqiy xulosa chiqarmasdan, ancha mantiqiy masalalar keltirishga ulguribsiz. Yana maktab darsligiga o‘sha professor «ko‘zi» bilan qarab, abstraksion fikrlar bilan boyitibsiz.

Yuzga yaqin tajribali o‘qituvchilar qo‘llab-quvvatlagan fikrni (balki ba’zilari qarsak chalib o‘tirgandir) to‘rt yuz mingdan ortiq o‘qituvchi amalda muvaffaqiyat bilan qo‘llay olishiga ham o‘zingizni ishontira olibsiz.


Mavzuga doir:
Ta’lim muammolari darsliklardan boshlanmoqda (1-maqola)


Men maqolamni shunchaki zerikkanimdan emas, prezidentimiz ta’kidlayotganidek, yurakdan achinib his qilganim uchun yozdim. Mening fikrimcha, yuqoridagi mavzular oliy o‘quv yurtlarida o‘rgatilib, o‘quvchining mantiqiy bilim ko‘nikmasini rivojlantirish uchun esa yoshiga mos materiallarni tanlash maqsadga muvofiqdir.

Maktab matematikasi reallikni, to‘g‘rirog‘i, hisob-kitoblarga asoslangan mantiqiy masalalarni qamrab olgani ma’qul. O‘quvchiga aniq, sodda va lo‘nda mavzularni tushuntirish orqaligina uning fikrlash qobiliyatini o‘stirish mumkin. Bunday muammolarda muhtaram prezidentimiz fikrlarini, Vazirlar Mahkamasi qarorlarini ro‘kach qilish shart emas.


Mavzuga doir:
«Nega mantiq?» yoxud «Matematika-10» darsligining 1-qismi haqida ba’zi mulohazalar


Prezidentimiz farzandlarimiz taqdirini bizga, ya’ni ta’lim hodimlariga ishonib topshirgan ekan, shu ishonchni oqlash biz uchun ham qarz, ham farz. Dunyo sivilizatsiyasida o‘z o‘rnimizni topishimiz uchun biz korrupsiyadan, soxtakorlik, ko‘zbo‘yamachilik illatlaridan voz kechishimiz kerak.

Nega o‘tmishdagi ta’lim sistemasiga qora chaplab, mantiqsizga chiqarayapsiz? Qachon qutulamiz bunday illatlardan?! Salohiddinov, Sirojiddinov, Qori Niyoziylar o‘sha davrning dunyo tanigan olimlari-ku? Vaholanki, siz ham o‘sha davrda ta’lim olgansiz. Yevropa, Amerika, Malayziya, Singapur masalasiga kelsak, biz ularga emas, ular bizga havas qiladigan jihatlar ham bor. Farzandlarimizga ilm-fanning tamal toshini qo‘ygan buyuk allomalarimiz Xorazmiy, Beruniy, Ulug‘beklar bilan faqat faxrlanmasdan, ularga munosib farzand bo‘lish ham kerakligini uqtirishimiz lozim. Buning uchun ura-uralar, oldi-qochdi gaplar kerak emas.

Murodjon Xo‘janiyozov,
matematika fani o‘qituvchisi.
Qoraqalpog‘iston Ryespublikasi To‘rtko‘l tumani.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring