Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalarga poyezdlar uchun chegirmalar nega faqat qishki ta’tilda beriladi?

Talabalarga poyezdlar uchun chegirmalar nega faqat qishki ta’tilda beriladi?

Foto: «Kun.uz»

«Men talabaman. Hammamiz bilamiz, talabalarning qishki tatillari paytida samolyot, poyezdlarga chegirmalar beriladi. Nima uchun yozgi ta’tillar paytida bu kabi chegirmalar amal qilmaydi?»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 22-dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi o‘quvchilari va talabalarining har yilgi qishki ta’tili to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilingan.

Farmon bilan tugaydigan yilning oxirgi to‘rt kuni va yangi yilning birinchi o‘n kunligi davrida o‘quvchilar va talabalarga har yilgi ikki haftalik qishki ta’til berilishi belgilanib, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga talabalar va o‘quvchilar uchun yo‘l haqi chiptalariga 50 foizlik chegirma bilan sotish vazifasi yuklangan.

Mazkur farmonda berilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, demak, talabalarga faqat qishki ta’tildagina samolyot, poyezdlarning chiptalari uchun chegirma beriladi. Yozgi ta’tildagi chegirmalar bo‘yicha esa «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga hech qanday vazifa yuklatilmagan.

Ammo bu borada ham talaba va o‘quvchilar uchun chegirmalar yaratilsa, ajab emas. Sababi, aynan yozgi ta’tilda talaba yoshlarning mazkur yo‘l transportlaridan foydalanish ehtiyoji yanada oshadi. Qolaversa, iyul-avgust oylari uchun stipendiyalar yangi o‘quv yilida berilishini hisobga olsak, talabalarga yozgi ta’tilda chegirmalar yaratilishi maqsadga muvofiq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring