Talabalar yangi tartib bo‘yicha qancha stipendiya oladi? (jadval)
Vazirlar Mahkamasining 31-yanvardagi qarori bilan, 2020-yil 1-fevraldan boshlab, talabalarga stipendiya to‘lashning yangi tartibi joriy etilgani xabar qilingandi.
«Huquqiy axborot» kanaliga ko‘ra, qarorga muvofiq, 2020-yil 1-fevraldan:
- davlat granti, shuningdek, stipendiyali to‘lov-kontarkt asosida o‘qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi shakli bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar qat’iy belgilangan stipendiya bilan ta’minlanadi (2019/2020 o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno);
- semestr yakuni bo‘yicha fanlardan faqat a’loga o‘zlashtirgan (86 ball va undan yuqori) talabalarning stipendiyalari bazaviy stipendiyaga nisbatan 20 foizga oshiriladi;
- semestr yakuni bo‘yicha fanlardan 30 foiz va undan ortiq qismi qoniqarli bo‘lgan (reyting ko‘rsatkichi – 71 balldan kam) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga keyingi semestrda stipendiya to‘lanmaydi (2019/2020-o‘quv yilida davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari bundan mustasno).
Qaror bilan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun stipendiyalarning belgilangan miqdorlari tasdiqlandi.
Shuningdek, 2019/2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining davlat granti asosida ta’lim olayotgan bitiruvchi kurs talabalari uchun talabalarning o‘zlashtirish baholaridan kelib chiqqan holda to‘lanadigan stipendiyalar miqdori belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter