Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi

Joriy yilning 24-noyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining «Barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilarining qishki ta’til davrini mazmunli o‘tkazish hamda professor-o‘qituvchilar uchun seminarlar tashkil etish to‘g‘risida» buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi.

Qishki ta’tilning boshlanish kuni, ya’ni 25-dekabr aynan haftaning birinchi kuniga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, ta’til tugab dars jarayonlarining boshlanishi ham 2024-yil 8-yanvar, dushanba kuniga belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring