Talaba va o‘quvchilarning qishki ta’tilini tashkil etish tartibi belgilandi
Hukumatning joriy yil 3-oktyabrdagi tegishli qarori bilan ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlarining dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalari talaba (o‘quvchi)larining har yilgi ikki haftalik qishki ta’tilini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
O‘z navbatida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mavjud sharoitlardan kelib chiqib, o‘quvchi va talabalarga ta’til berish muddatini o‘zgartirish huquqini ham saqlab qoladi.
Mazkur tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.
Bayram kunlari va qishki ta’til davrida talabalar turar joylarida qolayotgan talabalarning xavfsizligi va bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi, shuningdek, ovqatlanishi mazkur oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Hukumat qarorida, shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» hamda «Uzbekistan airways»ga qishki ta’til boshlanishidan 10 kun avval talabalar uchun chiptalarga 50 foiz chegirmalar e’lon qilishlari tavsiya qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter