Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taksilar «to‘xtash taqiqlangan» belgisi ostida ham to‘xtash huquqiga ega bo‘ladi

Taksilar «to‘xtash taqiqlangan» belgisi ostida ham to‘xtash huquqiga ega bo‘ladi

Foto: «Xabar.uz»

Yuk va yo‘lovchi tashish transporti tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida Prezident qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, 2019-yil 1-iyuldan bir qator talablar bekor qilinadi:

  • xalqaro yuk tashishda foydalaniladigan yuk avtomobillariga litsenziya kartalari berish uchun belgilangan davlat boji;
  • taksichilar uchun nazorat-kassa apparati bo‘lishi kerakligi haqidagi talab (chek yoki elektron chipta berish sharti bilan);
  • taksopark ochmoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar uchun balansida avtomobil bo‘lishi kerakligi haqidagi talab.

2019-yil 1-apreldan yuridik va jismoniy shaxs o‘rtasidagi ijara guvohnomasi uchun to‘lanadigan davlat boji amaldagiga nisbatan 2 baravar arzonlashtiriladi.

Shuningdek, 2019-yil 1-iyuldan yo‘nalishdagi taksilar uchun to‘lov terminallari, taksometr hisoblagichlari, radioaloqa vositalari (yoki ularning o‘rnini bosadigan telefon, planshet) o‘rnatiladi.

Taksichilar uchun maxsus rang belgilanadi va ular to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarga ham to‘xtash huquqiga ega bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring