Taksi qilishni xohlaganlar litsenziya varaqasi uchun qancha to‘laydi?
Toshkent shahar transport boshqarmasi o‘zini o‘zi band qilgan haydovchilar litsenziya varaqasini qayerdan va qay tartibda olishlari borasida ma’lumot berdi.
2022-yil 1-sentyabrdan 2025-yilga qadar taksi haydovchilari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishi belgilangan.
Qayd etilishicha, haydovchi avvalo Davlat soliq inspeksiya hududiy bo‘limlariga borib, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tadi va belgilangan pul miqdori — 300 ming so‘mni to‘lab, guvohnoma oladi. So‘ngra davlat xizmatlari markaziga borib qo‘lidagi guvohnomaga asosan yo‘lovchi tashish litsenziya varaqasi olish uchun bir yilga 300 ming so‘m davlat boji to‘lab litsenziya varaqasi oladi.
«Shunda haydovchi jami bo‘lib bir yilga 600 ming so‘m sarf qiladi, boshqa to‘lovlar (kunlik to‘lov ham) mavjud emas. Shu bilan birga taksi belgili plafon olib transport vositasini tom qismiga o‘rnatib yo‘lovchi tashishi mumkin. Taksi plafon bo‘lmasa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176−4-moddasiga (Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish) ko‘ra javobgar bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter