Tajriba ishtirokchisining o‘limidan so‘ng Peru koronavirus vaksinasidan voz kechdi
Peru hukumati tajribalarda ishtirok etayotgan ko‘ngillilardan birining o‘limidan so‘ng Britaniya-Shvetsiyaning «AstraZeneca» farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan koronavirus vaksinasidan voz kechdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
Idoraning ta’kidlashicha, klinik sinovlar to‘g‘risida ma’lumotlar yetarli bo‘lmagani uchun hukumat «AstraZeneca» bilan bitimni imzolamaydi. U yerda, shuningdek, tajriba ishtirokchilaridan birining vafot etgani ham eslatib o‘tilgan.
«Barcha mamlakatlar vaksina bilan bog‘liq muayyan tavakkal qilishga tayyor, lekin bu darajada emas», — dedi Peru sog‘liqni saqlash vaziri Pilar Massetti.
21-oktyabr kuni Braziliya sog‘liqni saqlashni nazorat qilish milliy agentligi sinovning 28 yoshli ishtirokchisi «COVID-19 asorati natijasida» vafot etgani haqida xabar berdi. Keyinchalik yigit sinov doirasida preparat emas, platsebo olgani ma’lum qilindi. Ko‘ngillining o‘limidan keyin ham vaksinani sinashni davom ettirishga qaror qilishdi.
Braziliyada «AstraZeneca» kompaniyasi preparatini tadqiq etish xalqaro dasturida jami sakkiz ming kishi ishtirok etmoqda. Ulardan faqat yarmi real vaksinani olishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter