Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tailandda 9 yildan beri ilk marta o‘lim jazosi qo‘llandi

Tailandda 9 yildan beri ilk marta o‘lim jazosi qo‘llandi

Foto: «Southeast Asia Globe»

«Life.ru» Tailandning Uchinchi milliy telekanaliga asoslanib xabar tarqatishicha, Bangkokdagi markaziy turmada to‘qqiz yildan beri birinchi marotaba o‘lim jazosi ijro etilgan.

Mamlakatning 26 yoshli fuqarosi 2012-yildagi jinoyati uchun qatl etildi: u o‘z qurboniga 24 marta pichoq sanchib, uning telefoni va sumkasini olib qochgandi. U o‘sha kuniyoq qo‘lga olinib, o‘lim hukmi keyinchalik o‘qilgan.

Tailandda amaldagi  jinoyat-protsessual kodeksi qabul qilingan 1935-yildan beri 326 kishi qatl etilgan. 2003-yilgacha jazo otib o‘ldirish yo‘li bilan amalga oshirilgan, keyinchalik in’yeksiya qo‘llana boshladi. Oxirgi marta o‘lim jazosiga 2009-yili ikki kishi tortilgandi: ularning ikkisi ham katta miqdordagi narkotiklar kontrabandasi bilan shug‘ullanganlikda ayblangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring