Tadbirkor roziligisiz uning hisobraqamidan pul «yechib olish» jinoyat sanalishi mumkin
Tadbirkorlarning bankdagi hisobraqamidan pul mablag‘larini uning roziligisiz ko‘chirish yoki olib qo‘yish holatlari bo‘yicha ma’muriy va jinoiy javogarlik choralarini belgilash bo‘yicha qonun loyhasi ishlab chiqildi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda, tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisob raqamlaridan qonun hujjatlarida belgilanmagan tartibda pul mablag‘lari yechish holatlari mavjud.
Amaliyotda mazkur harakatlar soliq organlari, bank muassasalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sodir etilmoqda.
Ushbu noqonuniy yechilgan pul mablag‘lari sud yoki ularning yuqori organlari tomonidan aniqlangan taqdirda ularga nisbatan hech qanday javobgarlik choralari qo‘llanilmasdan qolinmoqda.
Shuningdek, MJtKda davlat organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan ortiqcha undirilgan va to‘langan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaslik uchun javobgarlik belgilanmagan.
Shunga ko‘ra, hazkur hujjat loyihasi bilan Jinoyat kodeksi tegishli tartibda 19212-modda bilan to‘ldirilmoqda.
Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslarning bank hisobvarag‘idagi pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki hisobdan chiqarish, va ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini jismoniy va yuridik shaxslarning birinchi talabiga asosan qaytarmaganlik shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 200 baravaridan 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Agar o‘sha harakatlar ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda yoki uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa esa, BHMning 500 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter