Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorning hisobini asossiz bloklagan mansabdorga chora ko‘rildi

Tadbirkorning hisobini asossiz bloklagan mansabdorga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoniga murojaat kelib tushgan.

Unda Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan «Romin-47»   ma’suliyati cheklangan jamiyati vakillari soliq idorasiga tegishli hujjatlar taqdim etilgan bo‘lishiga qaramay  bankdagi hisob raqamlari bloklab qo‘yilgani, buning natijasida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi guvohnomasi ham bekor qilinganligini bildirib soliq organlari xodimlarining harakatiga xuquqiy baho berishni so‘ralgan.

O‘rganish davomida  haqiqatdan ham soliq organlari tadbirkorlik subektining bankdagi hisob raqamini  asossiz bloklagani va guvohnomasini bekor qilganligi aniqlanib soliq organining mansabdor shaxsiga nisbatan  belgilangan tartibda  ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli chora ko‘rildi.

Shunindek tadbikorning hisob raqamiga qo‘yilgan cheklov bekor qilinib qo‘shilgan  qiymat solig‘i to‘lovchisi  guvohnomasi tiklab berilishi ta’minlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring