Tadbirkorni «shilgan» «uddaburon» nihoyat qo‘lga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Tuproqqal’a tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro X.X. tadbirkor E.S.ga tanishlari yordamida Urganch shahar markazidan 400 kv metr noturar yer maydoni olib berishi evaziga 15 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, yana 500 AQSh dollari va 35 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter