Tadbirkorni «avans» bilan aldab qo‘yishmoqchi bo‘lishdi

Curxondaryo viloyati Angor tumanida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «Asadulloh-Angor» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) tuman obodonlashtirish boshqarmasining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, korxona tuman obodonlashtirish boshqarmasining buyurtmasiga asosan «Obod qishloq» dasturi doirasida tumandagi «Bahor» va «Zartepa» mahallalarida 405 mln so‘mlik piyodalar yo‘lakchasi va «Abdurahmon AUF ota» qabristonida 383 mln so‘mlik ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.
Shartnoma bo‘yicha dastlab 41 mln so‘m «avans» sifatida to‘lab berilgan. Lekin tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan bajarilgan ishlar yuzasidan jami 747 mln so‘mlik qarzdorlikni to‘lab berish rad etilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Biznes-ombudsman tomonidan «Asadulloh-Angor» MChJ manfaatida Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo ariza kiritildi.
Natijada Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 13 martdagi hal qiluv qaroriga asosan, tadbirkor foydasiga Angor tumani obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan 747 mln so‘mlik qarz undirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter