Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlikning har sohasi nazoratda

Tadbirkorlikning har sohasi nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakil devoni xodimlari Toshkent viloyatidagi Bekobod, Yangiyo‘l shaharlari va Zangiota, Toshkent tumanlaridagi temir yo‘l stansiyalari atroflarida joylashgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan bevosita uchrashgan holda ular uchun yaratilgan infratuzilma bilan tanishildi.

O‘tkazilgan uchrashuvlar davomida ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar bilan bir qatorda temir yo‘lda yuk va yo‘lovchilarni tashish sohasiga xususiy sektorni jalb etish istiqbollari va buning uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha ular bilan fikr almashinib,  takliflari olindi.

O‘tkazilgan  suhbatlar davomida temir yo‘lda yuklarni ortish va tushirishda rasmiylashtirish jarayonini iloji boricha avtomatlashtirish yaxshi samara berishi va boshqa takliflar bildirilgan bo‘lsa, xususiy tashuvchilar yuk avtotransporti parkini yangilashda uzoq muddatli kam foizli bank kreditlariga ehtiyoj borligini ko‘rsatib o‘tganlar.

Vakil devoni tomonidan sohalar kesimida bunday formatdagi uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring