Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkorlarning reytingi joriy etiladi

Tadbirkorlarning reytingi joriy etiladi

Foto: «Xabar.uz»

«Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ-39-son, 23.01.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni aniqlash va qo‘shimcha rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingi joriy etiladi.

Reyting doirasida tadbirkorlar quyidagi toifalarga ajratiladi:

«AAA», «AA» va «A» toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;

«VVV», «VV» va «V» toifalar – o‘rta barqarorlik reytingi;

«SSS», «SS» va «S» toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;

«D» toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Reyting Soliq qo‘mitasining «Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi» elektron platformasida idoralararo axborot almashinuvi vositasida avtomatik tarzda (onlayn) shakllantiriladi va Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi.

Yuqori barqarorlik reytingidagi tadbirkorlar har yili 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida taqdirlash uchun davlat mukofotlari hamda «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoniga tavsiya etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring