Tadbirkorlarning huquqini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining xuquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Vakilga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda Vakil devoni tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash borasida qonunchilik tashabbusi borasida qator samarali faoliyatni amalga oshirib kelmoqda.
Xususan keyingi yillarda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida xususiy mulkni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishning yangi mexanizmlari joriy etildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashganlik va to‘sqinlik qilganlik hamda xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.
Bunga aniq misol sifatida joriy yil 12-avgustdan kuchga kirgan tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yish yoxud ortiqcha undirilgan pul mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarmaganlik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston respublikasining Jinoyat kodeksi hamda «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodekslariga kiritilgan o‘zgartirishlarni keltirish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter