Tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarni bartaraf etish va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Qarordagi chora-tadbirlarga muvofiq, 2022 yilda «norasmiy valyuta operatsiyalari vujudga kelishini oldini olish, shuningdek, xizmatlarni uzluksiz ravishda (24/7 rejimda) ko‘rsatish imkonini yaratish maqsadida xususiy tadbirkorlarga valyuta ayirboshlash xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berish» belgilangan.
Shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga kredit uyushmasi xizmatlar bozoriga kirish imkoniyatlarini yaratish rejalashtirilgan.
Bunga Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi mas’ul etib ko‘rsatilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter