Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tadbirkor kredit olishda hiyla ishlatdi, ammo...

Tadbirkor kredit olishda hiyla ishlatdi, ammo...

Tadbirkor bitta mulkni ikki bankka garovga qo‘yib kredit olganligi ma’lum bo‘ldi.

Majburiy ijro byurosi matbuot xizmatining xabar berishicha, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor «K.A.Ye» MChJ dan undiruvchi «Agrobank» ATB foydasiga 2.278.000.000 so‘m kredit qarzini undirish ko‘rsatib o‘tilgan. Undiruvni esa garovdagi qo‘shimcha qarzdor «K.R.» jamiyatiga tegishli Davlatobod tumani, «Porloq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi bino-inshootlariga qaratish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Davlatobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Aynan ijro harakatlari jarayonida qiziq holat sodir bo‘lgan. Ya’ni, mazkur jamiyatdan «Hamkorbank» ATB foydasiga 376.450.374 so‘m kredit qarzdorlikni undirish va undiruv yana yuqoridagi manzildagi bino-inshootga qaratilgan. Mazkur ikki hujjat sinchkovlik bilan o‘rganilganda, jamiyat rahbarlari garovga qo‘yilgan bino-inshoot bo‘yicha davlat notarial idorasi nomiga ta’qiqdan yechish uchun qalbaki hujjatlar rasmiylashtirishgan.

Aniqlangan holat yuzasidan Byuroning Davlatobod tuman bo‘limi tomonidan qarzdor jamiyat raxbarlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 228-moddasi 2-qismi «b» bandi, 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Amalga oshirilgan ijro xarakatlari natijasida bino-inshootlar «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali realizatsiya qilindi va jinoyat natijasida ATB «Agrobank» va «Hamkorbank»ga nisbatan yetkazilgan zararlar to‘liq qoplanib, ijro hujjati ijrosi bajarildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring