Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Syorfer qulog‘i». Nahotki neandertallar suza olishgan?..

«Syorfer qulog‘i». Nahotki neandertallar suza olishgan?..

Foto: «Vesti.ru»

Sent-Luis (AQSh)dagi Vashington universiteti va Bordo universiteti (Fransiya) olimlari neandertallar quloq yo‘lida suyak o‘sishi bilan ifodalanadigan ekzostoz yoki «syorfer qulog‘i» deb ataluvchi kasallik bilan og‘riganini aniqlashdi. Bu haqda «Science Alert» nashri yozmoqda.

Bu dardni quloqqa sovuq suv kirishi chaqiradi. Ko‘pincha syorfer, dayver va kayakerlarda uchraydi. Lekin neandertallar nega bu kasallik bilan og‘rigan — hozircha noma’lum.

Tadqiqot chog‘ida 77 ta gominin (gominidlar oilasi tribi) bosh suyagi o‘rganildi, ulardan 23 tasi neandertallarga tegishli ekanligi oydinlashdi. Suyak qoldiqlarining yoshi 40—100 ming yilga teng. Paleoantroplar bosh chanoqlarining yarmida yengil yoki og‘ir ekzostoz belgilarini aniqlashdi.

Foto: «Science Alert»

Mutaxassislar boshqa qadimgi odamlarga qaraganda neandertallar (paleoantroplar) ekzostozga ko‘proq moyil bo‘lganini aniqlashdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, odamlarning qadimgi qarindoshlari ko‘p suzishgan va sho‘ng‘ishgan, masalan, baliq ovlash uchun. Avvallari bunday amaliyot neandertallarning jismoniy va aqliy qobiliyatiga mos emas, deb hisoblangan.

Eng qizig‘i, bosh suyagi topilgan joylarda katta suv havzalari aniqlanmagan, iqlim esa sovuq bo‘lmagan. Bundan tashqari, izotoplar tahliliga ko‘ra, neandertallar chuchuk suvda yashovchi baliqlarni ko‘p iste’mol qilishmagan. Shu bois tadqiqotchilarning fikricha, kasallikni irsiy moyillik keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring