Svetoforning yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmaslik qanday jazolanadi?
«Huquqiy axborot» kanali svetofor va yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi belgisiga bo‘ysunmaslik bo‘yicha qanday jazo tayinlanishi haqida eslatdi.
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida (405 ming 460 so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi.
Huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining besh baravari (1 mln 13 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ikki marta ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter