Svetlana Radzivil Tokio-2020 bilan xayrlashdi, Cafina Sadullayeva finalda!
Yengil atletikaning balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil Tokio-2020 bilan xayrlashdi. Atletimiz saralash doirasida 1.93 metr natijadan o‘ta olmadi.
Boshqa bir yengil atletikachimiz Safina Sadullayeva saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, final dasturida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash yo‘nalishida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sadullayeva 1.95 metr balandlikdan o‘ta oldi. Umuman olganda, A va V guruhlarida ishtirok etgan atletlardan 14 ishtirokchiga 1.95 metrdan o‘tish nasib qildi.
Ushbu yo‘nalishning final bahslari 7 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:35 da boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter