Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Svetlana Ortiqova qiynoqlar bilan bog‘liq holatlar ko‘payganini aytdi

Svetlana Ortiqova qiynoqlar bilan bog‘liq holatlar ko‘payganini aytdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuraturada qiynoqlar mavzuida brifing bo‘lib o‘tayotgani xabari berilgandi.

Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi xususida to‘xtalar ekan, bunga bir nechta asoslar keltirdi.

Aytdiki, inson huquqlarining kafolatlarini mustahkamlash borasida o‘tkazilayotgan islohotlar natijalaridan kelib chiqqan holda, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini takomillashtirish zarurati paydo bo‘ldi.

Chunki, qiynoqning oldini olish bo‘yicha milliy tizim xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalariga to‘liq muvofiq emas. Bu esa, xohlaymizmi-yo‘qmi, mamlakatimizning nufuziga hamda xalqaro reyting va indekslardagi o‘rniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ikkinchidan va, eng yomoni – qiynoq bilan bog‘liq holatlarning so‘ngi vaqtda ko‘payishi kuzatilmoqda.

Mamlakatimizda 2017-yilda 7 ta, 2018-yilda 10 ta, 2019 yilda esa 16 ta qiynoqqa solish jinoyati, ya’ni Jinoyat kodeksining 235-moddasida nazarda tutilgan jinoyat (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) qayd qilingan bo‘lib, natijasi bo‘yicha aybdor shaxslarning javobgarlik masalasi hal etilgan.

So‘nggi uch yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qiynash, qo‘rqitish va boshqa tazyiqlar qilinganligi yuzasidan 757 ta (2019-208, 2018-352, 2017-197) ariza va xabarlar kelib tushgan bo‘lsa, ularning 33 tasi (2019-16, 2018-10, 2017-7), ya’ni 4,4 foizi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring