Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suvga cho‘kkan smartfonni qanday qutqarish mumkin?

Suvga cho‘kkan smartfonni qanday qutqarish mumkin?

Foto: «AndroidInsider.ru»

Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi: qayerda bo‘lsak — doim yonimizda. Ishimiz ham shu bilan, ermagimiz ham shu. Smartfonning buzilib qolishi-ku, «kun kayfiyati»ni belgilab beradi... Buzilish sabablari esa ko‘p, masalan, ko‘plab elektron qurilmalar kabi smartfon ham suv bilan chiqishmaydi.

Mabodo suvga cho‘kkan smartfon hayot alomatlarini ko‘rsatmayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak? «RIA Novosti»ning ushbu savoliga «Raqamli platformalar» notijoriy tashkilotining strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Aleksandra Gavrilova javob berdi.

«Agarda telefoningiz suvga cho‘kkan bo‘lsa, oqibatlarini yumshatishning bir nechta yo‘li bor. Birinchidan, zamonaviy telefonlarining aksariyati suv o‘tkazmaydi, suvga tushib ketgan qurilma darhol olingan bo‘lsa, omadingiz chopib, unga hech narsa qilmasligi ham mumkin. Biroq, har ehtimolga qarshi, unga bir kun dam berib, ertasiga ishlatganingiz ma’qul», — dedi mutaxassis.

Agarda telefon suv o‘tkazuvchan va ishlamayotgan bo‘lsa, uni yoqish, tugmalarini bosish, silkitishga urinmang. «Aks holda tizim platasi va alohida qismlariga shikast yetkazib qo‘yish hech gapmas. Telefondagi ayrim qismlarni almashtirib bo‘lmaydi, ustabuzarmonlik oqibatida smartfoningizdan ayrilib qolishingiz mumkin», — ogohlantiradi Gavrilova.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, smartfonni mustaqil quritishga urinish ayrim detallarning ishdan chiqishiga ham olib keladi. Eng oddiy ustaxonada ham smartfonni ochib, quritib, ishlatib bera olishadi, unaqa qimmat ham emas. Smartfon suvga tushib ketib ishlamay qoldimi, darhol ustaga ko‘rsating, shunda smartfonga qimmat ehtiyot qism sotib olish yoki uni butunlay yangisiga almashtirishga to‘g‘ri kelmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring