Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suv xo‘jaligi vazirligiga maxsus texnikalar berildi

Suv xo‘jaligi vazirligiga  maxsus texnikalar berildi

Foto: Suv xo‘jaligi vazirligi

2019-yil 5-iyul kuni Yevropa Ittifoqi hamda GIZ xalqaro hamkorlik jamiyati ko‘shma «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi, Suv xo‘jaligi va resurslarini boshqarishning milliy doiraviy konsepsiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligiga yana bir guruh maxsus texnika berildi.  

Xususan, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarini texnik imkoniyatlarini yaxshilash maqsadida 6 dona kichik traktor, 6 dona dizel elektrogenerator va 6 dona nasos agregator topshirildi.

Mazkur marosimda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi raxbarlari va GIZ Xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari ishtirok etishdi.

Ma’lumot o‘rnida, 2018-yilning oktyabr oyida suv xo‘jalik vazirligiga 6 dona ekskvator va 6 dona samosval berilgan.

Ta’kidlash joizki, dasturning 2016 – 2020-yillardagi maqsadi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishdan iborat.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring