Suv to‘la ariqqa tushirib qo‘yilgan kishilar. Ularni kim bunday «jazoladi»?
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi olti nafar kishining paxta dalasi bo‘yidagi suv to‘la ariqqa tizza bo‘yi tushirib qo‘yilgan holati yuzasidan jamoatchilikka murojaat qildi.
«Vazirlik ushbu fotosurat olingan joy va bunga sabab bo‘lgan vaziyatni aniqlashga yordam beradigan har qanday axborotni taqdim etishingizni so‘raydi. Har qanday axborotni +99895-145-88-44 telefon/telegram raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki vazirlikning feysbukdagi sahifasiga shaxsiy xabar yo‘llash orqali ma’lum qilishingizni so‘raymiz», — deyiladi vazirlik murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 27-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tizza bo‘yi suvga tushirib qo‘yilgan kishilarning fotosi tarqaldi. Ularning kim ekani, «aybi» nimadaligi, kim ularni bu tarzda «samosud» qilgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter