Surxondaryolik otaxon Haj uchun yig‘gan pulini ko‘prik qurishga sarfladi
Surxondaryo viloyati Boysun tumani Gumatak qishlog‘ida Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Ramazon Abdullayev muqaddas Haj safari uchun jamg‘argan mablag‘ini tog‘li qishloqda zamonaviy ko‘prik qurilishiga sarfladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday ezgu ishga tuman hokimligi ham befarq qarab turmagan. Hokimlik ko‘prik uchun temir-beton materiallar yetkazib bergan.
Natijada soy ustida yog‘in-sochinli kunlarda nafaqat piyodalar balki, og‘ir yuk mashinalari ham xavfsiz harakatlanadigan keng, mustahkam ko‘prik barpo etilgan.
Tuman hokimligi saxovatpesha otaxonga minnatdorchilik bildirib, tashakkurnoma topshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter