Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryodagi chegara postida 70 kgga yaqin narkotik modda ushlab qolindi

Surxondaryodagi chegara postida 70 kgga yaqin narkotik modda ushlab qolindi

Surxondaryo viloyatidagi «Sariosiyo» chegara bojxona postida O‘zbekistonga kirib kelgan va hujjatlarda «bo‘sh», deb ko‘rsatilgan yuk avtotransport vositasi inspeksion ko‘rik majmuasi orqali ko‘zdan kechirilganida, avtomobil kabinasida 66 ta o‘ram giyohvand moddalar yashirilgani aniqlangan.

Mazkur o‘ramlar ochib ko‘rilganda ularning 30 tasida 31,9 kilogramm og‘irlikda «geroin», 36 tasida 37,3 kilogramm og‘irlikdagi «gashish» giyohvandlik vositasi borligi fosh etilgan.

Ushbu holatda jami ushlanib qolingan giyohvandlik vositalarining og‘irligi o‘rami bilan hisoblaganda 69,2 kilogrammni tashkil etgan.

Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasining xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring