Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryodagi barcha maktablar an’anaviy shaklga o‘tkazildi

Surxondaryodagi barcha maktablar an’anaviy shaklga o‘tkazildi

Foto: Xabar.uz

Surxondaryo viloyatidagi barcha maktablarda darslar mashg‘ulotlari an’anaviy shaklda olib borilishi haqida viloyat hokimligi rasman xabar berdi.

«Kecha ayrim maktablarda isitish tizimidagi muammolar va boshqa sabablarga ko‘ra dars mashg‘ulotlari onlayn shaklda olib borilishi haqida xabar berilgan edi. Bugun mahalliy hokimliklar tomonidan ushbu maktablarning isitish tizimidagi muammolar bartaraf etilib, o‘quv xonalari dars mashg‘ulotlari o‘tish uchun shay holatga keltirildi.

Maktablarda dars mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun zarur sharoitlar to‘liq yaratilgani sababli ertaga, 24-yanvar kunidan boshlab viloyatdagi barcha maktablarda dars mashg‘ulotlari an’anaviy shaklda olib boriladi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring