Surxondaryoda XTB xodimi maktab direktoridan pora olib qo‘lga tushdi

Surxondaryoda XTB xodimi maktab direktoridan pora olib qo‘lga tushdi.
Mazkur holat joriy yilning 3-avgust kuni DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Departamentining Qiziriq tuman bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda sodir bo‘lgan.
Unda Qiziriq tuman XTB eksplutatsiya bo‘limi xodimi H.A. tumandagi 1-son umumta’lim maktabining faoliyatiga aralashmaslik va tekshirmaslik vaji bilan maktab direktoridan 500 AQSh dollarini pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda H.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 212-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter