Surxondaryoda tosh ko‘chishi oqibatida 8 kishi dovonda qolib ketdi
Joriy yil 7-iyul kuni soat 14:20 atrofida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tog‘li hududida qisqa muddatli kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli sel oqimlari kelishi hodisasi kuzatilgan. Natijada tumanning Xo‘jaasmin va Chosh aholi yashash punktlarini bog‘lovchi tog‘li dovon avtomobil yo‘liga katta xarsang toshlar va loyqalar tushib, dovon yo‘li yopilib qolgan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, dovonning yopilib qolgan qismida 3 ta «UAZ» avtomobili va 8 nafar fuqaro qolib ketgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga viloyat FVB va uning hududiy bo‘limi xodimlari yetib borgan.
Dovon avtomobil yo‘li FVB, tuman hokimligi, Ichki ishlar bo‘limi va Xondiza kon boyitish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamkorligida maxsus texnikalar yordamida katta xarsang tosh va loyqalardan tozalandi. Avtomobil qatnovi yo‘lga qo‘yilib, 8 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter