Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda sudyaga hurmatsizlik qilgan jurnalist qamaldi

Surxondaryoda sudyaga hurmatsizlik qilgan jurnalist qamaldi

Joriy yilning yanvar oyida «Effect.uz» sayti xodimlarining jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudidagi xatti-harakatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining 236-(tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) va 219-moddalari (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Qashqardaryo viloyat sudida mazmunan ko‘rib chiqilayotgan mazkur jinoyat ishi bugun yakuniga yetdi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi E.Tadjibayev Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi va 236-moddasi (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib,  unga nisbatan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Shuningdek,  sudlanuvchilar A. Nurimbetov va X. Axmedov ham Jinoyat kodeksining qayd etilgan moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va ularga nisbatan tegishlicha  3 yil  va 2 yil 6 oy ozodlikni cheklash jazolari tayinlandi.

Yana bir sudlanuvchi G. Xudoyarova  esa  Jinoyat kodeksining 139-moddasi (Tuhmat qilish, ya’ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish) 3-qismi «a», «g» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Hukmdan norozi taraflarga tegishli tartibda va muddatda Qashqadaryo viloyat sudi orqali Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga  shikoyat berish huquqi tushuntirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring