Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda qishloq aholisi yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

Surxondaryoda qishloq aholisi yo‘lni to‘sib qo‘ydi (video)

Joriy yilning 19-noyabrida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 4R-100b avtomobil yo‘li mahalliy aholi tomonidan yo‘lning ta’mirtalab holga kelib qolganiga norozilik sifatida to‘sib qo‘yilgan.

Viloyat hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumani markaziga olib boruvchi 4R-100b avtomobil yo‘li yuk ko‘tarish qobiliyati bir o‘qqa tushadigan tegishli me’yoriy og‘irlikdan og‘ir bo‘lgan yuk avtomobillarining muntazam ravishda harakatlanishi oqibatida ta’mirtalab holatga kelib qolgan.

Hozirda Jarqo‘rg‘on tumani «Yo‘llardan foydalanish» unitar korxonasi tomonidan birinchi navbatda ushbu avtomobil yo‘lida transport vositalarining harakat xavfsizligi va uzluksizligini ta’minlash choralari ko‘rilgan.

Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mas’ullari esa aholi vakillari bilan uchrashib, 4R-100b avtomobil yo‘lining 0-11 km qismini ta’mirlash ishlari 2023-yil 1-choragida amalga oshirilishi belgilanganligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borishgan.

«Aholining noroziligiga sabab bo‘lgan ushbu masala Surxondaryo viloyati avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi», – deyiladi Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati munosabatida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring