Surxondaryoda poyezd yo‘liga chiqib ketgan «Spark» haydovchisi halok bo‘ldi
Bugun, 18 oktyabr kuni taxminan soat 08:47 da Surxondaryo viloyati Sho‘rchi – Xayrobod uchastkasidagi qo‘riqlanmagan (yo‘l belgilari va signalizatsiyasi o‘rnatilgan) temir yo‘l kesishmasida shaharlararo poyezd favqulodda tormozlanganiga qaramay, «Spark» rusumli yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llar» AJ axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur holat avtomashina haydovchisi tomonidan «Temir yo‘l kesishmalari orqali harakatlanish» qoidasini qo‘pol ravishda buzgani sabab bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida teplovoz biroz shikastlangan, biroq poyezd yo‘lovchilari jabrlanmagan. «Spark» avtomashinasining haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan va ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.
Hozirgi vaqtda huquq-tartibot idoralari tomonidan esa voqea hodisa yuzasidan tekshiruv olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter