Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda mudhish YTH: 7 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoda mudhish YTH: 7 kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ surat

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida kecha, 5-iyul kuni M.Q. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashinasini Darband-Boysun-Sho‘rchi-Elbayon yo‘lining 55-km.da haydab ketayotib qarama-qarshi tarafga chiqib ketgan.

Oqibatda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Y.A. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan. Natijada ikkala avtomashinaning haydovchilari va 1 nafar yo‘lovchi Sh.X. jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, avtomashinalardagi qolgan 7 nafar yo‘lovchi jarohat olib, voqea joyida vafot etganlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring