Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda «Malibu» egasi «Kamaz»ni o‘qqa tutdi

Surxondaryoda «Malibu» egasi «Kamaz»ni o‘qqa tutdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida «Malibu» haydovchisi katta yo‘lda ketayotib, yonidagi pnevmatik to‘pponcha bilan «Kamaz»ga qarata ikki marta o‘q uzgan.

Voqea 27 avgust kuni soat 16.34 larda tumanning Shifobuloq mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Aytilishicha, pnevmatik to‘pponcha, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirish uchun hujjatlashtirib olingan. 28 avgust kuni «Malibu» egasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring