Surxondaryoda ikki nafar YPX inspektori lavozimidan ozod etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «GAI xodimi tez tibbiy yordam avtomobilini sababsiz o‘tkazmasligi – jinoyat» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgandi.
Unda joriy yilning 15-17 iyun kunlari Surxondaryo viloyatida «Yoshlar festivali» o‘tkazilganligi munosabati bilan YPX xodimlari xizmatga jalb etilib, ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklangani sabab tez tibbiy yordam avtomobili o‘tkazilmagani holati bo‘yicha surishtiruv harakatlari olib borilayotgani qayd etilgandi.
Ma’lum qilinishicha, Surxondaryoda ikki nafar YPX inspektorlari tomonidan chaqiruvga asosan harakatlanib borgan tez yordam avtomobilining harakatini bir muddat cheklagani va bu xatti-harakati bilan keng jamoatchilik e’tirozlariga sabab bo‘lgani uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXBning 2021 yil 21 iyun kunidagi xizmat tekshiruvi xulosasiga ko‘ra inspektorlar egallab turgan lavozimidan ozod etilib, boshqarma ixtiyoriga qoldirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter