Surxondaryoda IIB xodimlari 3 nafar fuqaroning hayotini saqlab qoldi
Kecha, 5 iyun kuni tunda Surxondaryo viloyati IIB post patrul xizmati xodimlari inson o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisaning oldini olishdi.
Qayd etilishicha, 4 iyuldan 5 iyulga o‘tar kechasi tungi soat 03:30 larda Termiz shahridagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birining ichida yong‘in chiqqan. Tungi xizmatga jalb qilingan bir nechta xodim buni sezib qolgan. IIB xodimlari ichkarida 3 nafar fuqaro uxlab yotganini ko‘rishgan.
Shundan so‘ng ular deraza oynasini sindirib, kuchli tutun ta’sirida karaxt bo‘lib qolgan fuqarolarni ko‘chaga olib chiqilib, birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishgan.
3 nafar fuqaroning hammasi hozirda sog‘ salomat.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter