Surxondaryoda erkak ayolining xiyonati qurboniga aylandi
Ushbu mudhish hodisa joriy yilning 24 noyabr kuni soat 04.30 larda Denov tumani «Minora» mahallasida sodir bo‘lgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur mahallada yashovchi fuqaro, 1975 yilda tug‘ilgan M.R. yashash xonadonida turmush o‘rtog‘i bilan uxlab yotgan vaqtda, yuziga niqob taqib olgan noma’lum shaxs yotoqxona eshigini buzib kiradi va o‘zi bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jism bilan M.R. tanasining turli joylariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, hodisa joyidan yashirinadi.
Olib borilgan tezkor tergov-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni M.Rning turmush o‘rtog‘i bilan 2 yil davomida yashirin ravishda ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan 1997 yilda tug‘ilgan A.A. tomonidan sodir etilganligi aniqlangan va u ushlangan.
Denov tuman prokuraturasi tomonidan A.A nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter