Surxondaryoda bosqinchi 4 yilga qamaldi
Surxondaryoda bosqinchilik jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tergovda aniqlanishicha, 2019 yilning 22 dekabr kuni taxminan soat 23:30 larda 23 yoshli To‘lqin R.Sherobod tumani Buyuk ipak yo‘li ko‘chasidagi xususiy korxona hududiga temir panjaradan oshib tushish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, korxona qorovuliga pichoq bilan hujum qilib, tan jarohati yetkazish bilan qo‘rqitib, elektr kabelni kesib olib, shu kabel yordamida qorovulning qo‘l va oyoqlarini, so‘ng o‘zini krovatga bog‘lab, 1-do‘konning kuzatuv kamerasiga shikast yetkazib, g‘ayriqonuniy ravishda do‘konga kirib, temir seyfni ochib, 7 000 000 so‘m pullar va “Samsung galaxy J3” rusumli uyali aloqa vositasini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, To‘lqin R. 11-do‘kon oynasini sindirib, shkafdagi 8 500 000 so‘m pullarni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.
Dastlabki tergov jarayonida To‘lqin R. dan jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan “Samsung galaxy J3” telefon apparati va 9 284 000 so‘m miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (uy-joyga yoki boshqa binoga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan holda sodir etilgan bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilingan va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishli sudlovga yuborilgan.
2020 yilning 14 may kundagi jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tumani sudining hukmiga ko‘ra To‘lqin R., yuqoridagi jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter