Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda bog‘cha ochadigan tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi — Prezident

Surxondaryoda bog‘cha ochadigan tadbirkorlar yanada qo‘llab-quvvatlanadi — Prezident

Surxondaryo viloyat faollar yig‘ilishida ishtirok etayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim rivoji uchun amalga oshiriladigan ishlarga  to‘xtalib o‘tdi.

— Viloyatda maktabgacha ta’lim qamrovi 41,5  foizni, jumladan Bandixonda 20  foiz, Denovda 27  foiz, Qumqo‘rg‘onda 32  foizni tashkil etadi.

2021-2022 yillarda 22  ta davlat, 37  ta davlat-xususiy sheriklik, 1 mingdan ortiq oilaviy bog‘chalarni barpo etish, bir yillik majburiy maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil qilish orqali, qamrovni 60 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Bog‘cha ochadigan tadbirkorlarni davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlaymiz. Oilaviy bog‘chalardagi bolalar sonini 25  nafardan 50 nafargacha oshirish va 4 nafargacha xodim yollashga ruxsat berildi.

Bunday bog‘chalarga mebel va jihozlar sotib olish uchun 30  million so‘mgacha, 3  yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 5  foizli kreditlar ajratiladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosidagi bog‘chalarga qatnaydigan har bir bola uchun budjetdan ajratiladigan subsidiyalar miqdori 50 foizdan 75 foizga oshiriladi. Ularning elektr va tabiiy gaz bo‘yicha xarajatlarining 50  foizi budjet hisobidan qoplab beriladi, - dedi davlat rahbari.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, ushbu maqsadlarga davlat hisobidan 238 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring