Surxondaryoda 51 ta daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Surxondaryo viloyati boshqarmasi mas’ul inspektorlari va Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor reyd tadbirida Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi Machay o‘rmon bo‘limi xodimlarining xizmat vakolatiga sovuqqonlik bilan yondashishi, yuklatilgan mas’uliyatni suiste’mol qilishi natijasida noqonuniy daraxt kesilishi hholati sodir etilgan.
Viloyat Ekoboshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Machay o‘rmon bo‘limining 5-aylanma 17-kvartalining «Yetimtol» va «Almali» massivlarida mavjud bo‘lgan «Zarafshon» archa, «Shumtol», «Uchqad», «Zarang» kabi jami 51 ta daraxtning noqonuniy kesib tashlangani aniqlangan.
«Bu bilan «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuning 37-moddasi talablari buzilib, 560 mln 550 ming so‘m miqdordagi o‘simlik dunyosiga zarar yetkazilgan.
Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuraturaga yuborildi», – deyiladi boshqarma xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter