Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda 32 yoshli ayol boshqa ayollar tomonidan «samosud» qilingan

Surxondaryoda 32 yoshli ayol boshqa ayollar tomonidan «samosud» qilingan

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh ayollar tomonidan qarzini bermagani uchun boshqa bir ayol do‘pposlanib, sochlari kesilgani va kiyimlari yirtib tashlangani haqidagi xabar tarqaldi.

Viloyat IBB mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borib, dastlabki xulosalarini taqdim qildi.

Aniqlanishicha, holat 2022-yilning noyabr oyi oxirlarida, Denov tumani Bog‘ishamol mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Unda sariosiyolik 32 yoshli ayol D.S.  Denov tumanida yashovchilar – 20 yoshli R.G. va X.N. ismli ayollar tomonidan o‘rtalarida avvaldan mavjud bo‘lgan nizolari ortidan «samosud» qilingan. D.S.ni mahalla hududida urib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring