Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryo va Qashqadaryoda yer qimirladi

Surxondaryo va Qashqadaryoda yer qimirladi

Bugun, 11 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 13:10 da (11.10.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 08:10 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.

Zilzila koordinatalari: 36,51 gradus shimoliy kenglik; 66,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,2. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 573 km janubiy-g‘arbda.

FVV Seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Surxondaryo viloyatida 3 ball, 95 km.
  • Qashqadaryo viloyatida 2 ball, 271 km.

Avvalroq Surxondaryo va Farg‘onada yer qimirlagani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring