Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda poyezdga urilgan «Damas»ning haydovchisi vafot etdi

Surxondaryoda poyezdga urilgan «Damas»ning haydovchisi vafot etdi

Illyustrativ foto.

16-yanvar kuni Surxondaryo viloyatidagi Tangimush va Oqjar stansiyalari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Unga ko‘ra, «Damas»  avtomobili svetoforning qizil chirog‘iga qaramay, temir yo‘l kesishmasidan o‘tmoqchi bo‘lib, «Toshkent-Termiz»  yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan yo‘lovchi poyezdining yon tomoniga urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtomashina haydovchisi 1995-yilda tug‘ilgan S.X. olgan jarohatlari tufayli kasalxonaga yetkazildi. Biroq unga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, haydovchi hayotdan ko‘z yumdi.

Poyezd voqea joyida 13 daqiqa turib, harakatini davom ettirgan. Poyezd yo‘lovchilari orasida qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring