Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi sudga berildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasini sudga berdi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.
Federatsiya xabariga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 8-12 soatgacha elektr tarmoqdan rejasiz uzilish holatlari ko‘zatilgan. Jumladan:
- Boysun tumani kun davomida 10 soat 45 minut;
- Qumqo‘rg‘on tumani kun davomida 9 soat 50 minut;
- Jarqo‘rg‘on tumani kun davomida 8 soat 50 minut;
- Sariosiyo tumani kun davomida 8 soat 35minut;
- Uzun tumani kun davomida 9 soat 17minut;
- Termiz tumani kun davomida 8 soat 50 minut;
- Angor tumani kun davomida 11 soat 50 minut;
- Denov tumani kun davomida 10 soat 45minut;
- Sherobod tumani kun davomida 11 soat 35minut chiroq o‘chmoqda.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste’molchilarni haq huquqlari buzilish holatlarini yuzaga keltirgan Hududiy elektr tarmoqlari bo‘yicha sudga da’vo arizalarini kiritib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter