Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda ikki sobiq hokimga hukm o‘qildi

Surxondaryoda ikki sobiq hokimga hukm o‘qildi

Surxondaryoda ikki sobiq hokimga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

Pardayev Rustam Ubodullayevich JKning 205-moddasi 2-qismi «a» bandi, 168-moddasi 4-qismi «a» bandi, 167-moddasi 3-qismi «a» bandi va 209-moddasi 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Rustam Pardayev 2020-yil noyabr oyidan 2022-yil yanvar oyiga qadar Denov tumani hokimi lavozimida, 2022-yilning 1-fevral kunidan 2023-yilning yanvar oyiga qadar Qiziriq tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Xudoyberganov Baxtiyor Xaitovich JKning 229/4-moddasi 2-qismi «a, b» bandlari, 167-moddasi 2-qismi «a, v, g» bandlari, 209-moddasi 2-qismi «a» bandi, 184/1-moddasi 2-qismidagi jinoyatni qasddan sodir etganlikda aybdor deb topilib, 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Xudoyberganov 2019-yil 20-sentyabr kunidan 2022-yil 25-yanvar kuniga qadar Sho‘rchi tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hokimlar, soliq qo‘mitasi mas’ullari, hokim o‘rinbosari kabi mansabdorlar qo‘lga olingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring