Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Suriyada isyonchi kuchlar mamlakatning yirik shahriga kirdi: vaziyat keskinlashmoqda

Suriyada isyonchi kuchlar mamlakatning yirik shahriga kirdi: vaziyat keskinlashmoqda

Suriyalik isyonchilar mamlakat shimoli-g‘arbida katta hujum boshladi. Ular Halab shahri hududlariga kirgani aytilmoqda.

Isyonchilar kuchlari Suriyaning ikkinchi yirik shahri Aleppo (Xalab) hududiga kirib, Bashar al-Assad armiyasiga qarshi so‘nggi yillardagi eng yirik hujumni amalga oshirdi, deya xabar beradi monitoring guruhlari.

Avvalroq isyonchilar so‘nggi yillarda birinchi marta Suriya shimoli-g‘arbida yirik hujum uyushtirgani, hududning bir qismini prezident Asad armiyasidan qaytarib olgani ma’lum bo‘lgan edi.

Suriya harbiylari o‘z kuchlari «keng ko‘lamli terakt»ga duch kelganini va katta talofatlar berayotganini aytdi.

Qarorgohi Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya Inson huquqlari observatoriyasi janglarda har ikki tomondan 180 dan ortiq jangari halok bo‘lganini aytdi. Bundan tashqari, kuzatuv guruhiga ko‘ra, Suriya va Rossiya havo kuchlarining isyonchilar nazoratidagi hududlarga bergan zarbalari natijasida kamida 19 nafar tinch aholi vakillari ham halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni isyonchi kuchlar yirik hujum boshlagani ma’lum bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ular qisqa vaqt ichida 500 kv.kmdan oshiq hududni egallagan. 2020 yil martida Rossiya, Turkiya va Suriya ishtirokida sulhga erishilgandi. Mazkur hujumlar sulhdan keyingi ilk katta harbiy harakatlardir. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring